Yangilik
15.05.2026 20:10
Payshanba - "Yoshlar kuni" munosabati bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun sportning sohil voleyboli turida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Viloyat miqyosida ichki ishlar organlari masʼul rahbarlariga biriktirilgan qariyb 100 nafarga yaqin otaliqqa olingan yoshlarni bir manzilda jamlagan sport musobaqasida o‘g‘il bolalar va qizlardan iborat jami 24 ta jamoalar g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi.
Musobaqa olimpiya tizimi asosida tashkil etilib, unda shahar va tumanlar kesimidagi jamoalar bosqichma-bosqich saralab borildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda yoshlar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi baxslarda faxrli 3-o‘rin Mirzaobod, faxrli 2-o‘rin Guliston tumani jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, g‘oliblikni Sardobalik yoshlar qo‘lga kiritishdi.
Qizlar o‘rtasidagi baxslar ancha qizg‘in ruhda kechdi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra Guliston shahar 3-o‘rinni, Yangiyer shahar jamoasi 2-o‘rinni egallashgan bo‘lsa, barcha raqiblaridan ustun kelgan Guliston davlat universtiteti jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farrux Xaydarov hamda viloyat Soliq boshqarmasi, Sport boshqarmasi, Voleybol federatsiyasi, Guliston shahar hokimligi tomonidan kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alar bilan topshirildi.
Qayd etish kerakki bu kabi sport tadbirlari yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va eng muhimi ular orasida sog‘lom muhitni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.