Yangilik
15.05.2026 17:01

“Payshanba - Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i K.Ruziyev hamda Byuroning Guliston shahar bo‘limi boshlig‘i U.Madaminovlar Guliston shahrida yoshlar bilan uchrashdi.
 
Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
 
Yoshlar ochiq muloqot chog‘ida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.
Muloqot
Muammo bormi?
Onlayn murojaat qoldiring va ijro statusini kuzating.
Muammo qoldirish