Yangilik
15.05.2026 16:58
Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i R.Nishanov boshqarmaning faol yoshlari bilan ochiq muloqot shaklida navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.
Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan soha bo'yicha ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglandi. Ish faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalarni hal etish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda kadastr tizimini yanada takomillashtirish yo'llari yuzasidan ochiq fikr almashinildi.
Shuningdek, boshqarmada amaliyot o'tayotgan talabalar bilan ham alohida suhbat qurildi. Ularga soha bo'yicha asosiy qonun va qonun osti hujjatlari — jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Davlat yer kadastri to'g'risida"gi Qonuni, "Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida"gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar o'rgatildi. Talabalarning sohaga bo'lgan qiziqishi va tashabbuskorligi alohida qayd etildi.
Yoshlarning bilim va salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish, ularni tizim rivojiga daxldorlik hissi bilan faol ishlashga undash muhim ekanligi ta'kidlandi. Har bir yosh xodim va talabaning g'oyasi hamda ijodiy yondashuvi qadrlanishi lozimligi yuzasidan ham so'z yuritildi.
Tadbir so'ngida yoshlar va talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil va ochiq javoblar berildi. Ilgari surilgan takliflar qo'llab-quvvatlanib, tegishli chora-tadbirlar belgilanib nazoratga olindi.