Yangilik
15.05.2026 16:57

“Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv tashkil etildi!

“Yoshlar kuni” doirasida Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Isakulov boshchiligida Madaniyat sohasidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Erkin muloqot ruhida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda o‘z iqtidor va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlardan kelib tushayotgan muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbir yakunida yoshlarga Vatanga sadoqat, faol fuqarolik pozitsiyasi va kelajak uchun mas’uliyat bilan yashash zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi.
Muloqot
Muammo bormi?
Onlayn murojaat qoldiring va ijro statusini kuzating.
Muammo qoldirish