Yangilik
01.05.2026 09:23
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Guliston filialida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ta’lim jarayoni, ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari va tashabbuslari yuzasidan fikrlari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda ta’lim sifatini oshirish, IT va aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni respublika va xalqaro tanlovlarda faol ishtirok etishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar hamda taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yakunda faol va tashabbuskor yoshlar rag‘batlantirilib, kelgusida ularning g‘oyalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berilishi ta’kidlandi.