Yangilik
01.05.2026 09:21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak sari muhim qadam.
Oqoltin tuman Shodlik mahallasida 17-sonli umumta’lim maktabida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Karshiboyeva ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, ta’lim sifati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, kelajakdagi rejalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbirda Adliya bo‘limi, FHDYO hamda boshqa tegishli tashkilot vakillari ishtirok etib, yoshlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida zarur tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, maktab ma’muriyatiga o‘quvchilarning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida maktab radiosi, maktab gazetasi, maktab xo'r jamoasi tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.