Yangilik
01.05.2026 09:19

Sirdaryo viloyati teleradiokanalida Guliston davlat universiteti “Zulfiyaxonim izdoshlari” klubi a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida klub a’zolari tomonidan “Zulfiyaxonim izdoshlari” teleko‘rsatuvini tashkil etish hamda “Xayrli kun” ko‘rsatuvida klubning eng faol a’zolarini mehmon sifatida ishtirok etishi kabi bir nechta tashabbuslar amalga oshirilishi kelishib olindi.

Barcha taklif va tashabbuslar Sirdaryo viloyati teleradiokanali rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ijobiy yondashildi.
Muloqot
Muammo bormi?
Onlayn murojaat qoldiring va ijro statusini kuzating.
Muammo qoldirish