Yangilik
01.05.2026 09:17

Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov tomonidan Xovos tumanida sportchi yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida sportchi-yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etishdi. Ular tomonidan mashg‘ulotlar sifati, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, sport infratuzilmasini yaxshilash hamda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qator masalalar ko‘tarildi.

Anvar Buranov yoshlar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berib, ularning har bir taklifi e’tibordan chetda qolmasligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, yaqin va uzoq muddatli musobaqalar, sportchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangi loyihalar hamda rejalashtirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Sportchi-yoshlar esa o‘z navbatida yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida yanada yuqori natijalarga erishish yo‘lida bor kuch-g‘ayratlarini safarbar etishlarini bildirishdi.

Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning fikrini tinglash va amaliy qo‘llab-quvvatlash sport sohasida barqaror rivojlanish hamda yuqori natijalarga erishishda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Muloqot
Muammo bormi?
Onlayn murojaat qoldiring va ijro statusini kuzating.
Muammo qoldirish