Yangilik
01.05.2026 09:16
“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbir Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida katta avlod vakillari tomonidan boy hayotiy tajriba, xizmat faoliyati hamda Vatan oldidagi burchni sidqidildan ado etish borasida mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlar esa o‘z navbatida ushbu uchrashuvdan tegishli xulosalar chiqarib, yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Uchrashuv ko‘tarinki va ishchan ruhda o‘tib, avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur tadbir yoshlarni hamda oilaviy bolalari uyi bolalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.