Yangilik
30.04.2026 19:03

Yoshlar kuni munosabati bilan, 30 aprel kuni “Yangi Sirdaryo”, “Novaya Sirdarya” gazetalari bosh muharriri Bahrom Boymurodov Guliston davlat universitetining bir guruh talabalari bilan uchrashuv tashk

Uchrashuv davomida bosh muharrir gazeta, kitob va jurnal o‘qish madaniyatiga alohida e’tibor qaratdi. Ularning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, maqola yozish mahorati va uning o‘ziga xos jihatlariga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, talabalar bilan “Yangi Sirdaryo” gazetasida e’lon qilingan tanqidiy va tahliliy maqolalar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat jarayonida real hayotiy misollarga ham keng o‘rin berildi. Xususan, Hilola Mirzayeva, Sevinch Ahmadjonova, Husnora Chuliboyeva kabi faol talabalar voqelikka asoslangan maqolalarni gazeta uchun tayyorlash istagini bildirdilar. Ular bu orqali jamiyatdagi dolzarb muammolarni yoritish, tengdoshlarini to‘g‘ri yo‘l tanlashga undashni maqsad qilganliklarini ta’kidladilar.

O‘z navbatida, bosh muharrir talabalar tomonidan yaratiladigan hayotiy kuzatuvlarga asoslangan, xolis va ta’sirchan maqolalar jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi. Shuningdek, u talabalarni jurnalistikada vaqt va muddatga rioya qilish, sifat, xolislik hamda chuqur tahlil tamoyillariga amal qilishga chaqirdi. Gazeta sahifalari esa bunday dolzarb va ibratli materiallar uchun doimo ochiq ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv samimiy va mazmunli muloqot ruhida o‘tib, yoshlarni hushyorlikka, mas’uliyat va ongli hayot tarziga undovchi muhim ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etdi.
Muloqot
Muammo bormi?
Onlayn murojaat qoldiring va ijro statusini kuzating.
Muammo qoldirish